FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. So‘zga chiqqan universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R. Jumayev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, Konstitutsiyamizning davlatimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtaldi. Shuningdek, iste’fodagi podpolkovnik E. Ahmedov Bosh qomusimizning qabul qilinishi jarayoni, uning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.
Viloyat sud raisi U. Ro‘ziyev ham tadbirda so‘z olib, Buxoro davlat universitetining yuridik ta’lim yo‘nalishidagi ilmiy salohiyatini yuksak baholadi. U Konstitutsiyamizning har bir so‘zi va har bir jumlasida chuqur ma’no, yillar davomida amalga oshirilgan katta mehnat va bilim mujassamligini ta’kidladi.
[gallery-26614]
Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, Konstitutsiyamizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA