Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – taraqqiyot asosi
14:47 / 2022-06-26

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida farg‘onaliklar ham faol ishtirok etmoqda.

25 iyundan boshlab 5 iyul kuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berildi. 

Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati hokimligining kichik majlislar zalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Jabborov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari va mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda birinchi o‘qishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Ta’kidlandiki, konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda. Xususan, insonning huquq va erkinliklari, tadbirkorlik va yerga oid masalalar, oila, mehnat munosabatlari, sud-huquq sohasi, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda taklif etilayotgan o‘zgartirishlar, ularning o‘rtaga tashlanishi sabablari atroflicha tahlil qilindi. Ushbu konstitutsiyaviy islohotlarning bosh zamirida inson qadri mujassam ekani ta’kidlandi.

Farg‘onaliklar ham yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish jarayonlarida o‘z takliflari bilan tashabbuskor bo‘layotgani alohida e’tirof etildi. Tadbirda konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Joylarda aholi bilan bo‘lgan muloqotlarda ham fuqarolarga konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida ma’lumotlar berib borish, ularni yanada ijtimoiy faollikka chorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

M. Sulaymonov, O‘zA