O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – Raqamli O‘zbekistonni barpo etishda asosiy huquqiy poydevor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Yoshlar parlamenti a’zolari, vazirlik markaziy apparati, vazirlik tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Qayd etish lozimki, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Konstitutsiya haqida ma’lumot berish bilan birga aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga ko‘maklashishga qaratilgan constitution.uz veb-sayti hamda meningkonstitutsiyam.uz portallari ishlab chiqilgan.
[gallery-26661]
Ularda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda, mamlakatimiz haqida muhim ma’lumotlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Bosh qomusimizni aholining barcha qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, bu boradagi maqolalar, dunyo qonunchiligidan qiziqarli faktlar va boshqa multimedia ma’lumotlariga keng o‘rin berilgan.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan ekspertlar Konstitutsiyaning ishlab chiqilishi, unga kiritilgan moddalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya yo‘nalishiga oid moddalarning mazmun-mohiyati, ulardan kelib chiqadigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Konstitutsiya va madhiyaning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritib, qatnashchilarga mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, mamlakat hayotida muhim ahamiyatga ega mazkur sanalar munosabati bilan xodimlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi “Impuls” harbiy ansambli tomonidan musiqiy chiqish qilindi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/u_JDHq9uRao" title="Konstitutsiya – Raqamli O‘zbekistonni barpo etishda huquqiy poydevor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, O‘ktam Hayitov (foto),
Oybek Davronov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA