Yangiyer shahrida Sirdaryo viloyatining 60 yilligi hamda “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri hamda konsert-shou dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktab o‘quvchilari, sportchi yoshlar ishtirok etdi. Albatta, tashabbus yoshlarniki bo‘ldi, lekin bu davraning mohiyatini yanada chuqurroq anglagan turli yoshdagi yangiyerliklar ham o‘zlarini chetga olmadi. Bundan tashqari, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, faol xotin-qizlar, iqtidorli yoshlar, shahar faxriylari qatnashdi.





Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bosh qomusimizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush-tarzi farovonligiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga befarq bo‘lmasdan, siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga da’vat etdi. Gala konsert dasturi formatida o‘tkazilgan tadbirda yangiyerlik san’atkorlarning chiqishlari odamlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Sh.Suyarov, O‘zA