Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi
15:50 / 2021-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi mas’ullari hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Bosh Qomusimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan asosiy tamoyilga tayangan holda odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish tamoyili asosida xalq bilan muloqotning yangicha tizimi joriy etildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari xususida ham ana shunday fikr bildirish mumkin.

Konstitutsiyamizda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan.

Tadbirda yoshlarning ongi va qalbida Konstitutsiyamizga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish masalalari xususida o‘zaro fikr almashildi. Ana shu g‘oyalarni yoshlarimizga singdirish barobarida ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish har birimizning burchimiz bo‘lmog‘i lozimligi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh Qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramovga «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi ansambli xonandalarining musiqiy dasturi namoyish etildi.

D. Mamatova, O‘zA muxbiri