Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya kunini talabalar bayramona nishonladi
11:16 / 2024-12-08

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirda Bosh qomusimizning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralar, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, u nafaqat huquqiy, ijtimoiy va siyosiy, balki barchani jipslashtiradigan, fuqarolar o‘z orzu-umidlari, huquq va manfaatlari yechimini ko‘radigan hujjat ekanligi qayd etib o‘tildi.

[gallery-20762]

– Yangilanish, Uchinchi Renessans asosini yaratish g‘oyasi har bir yurtdoshimiz hayotida aks etmoqda. Inson qadrini ulug‘lash, uning farovon yashashi uchun barcha kuch, imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Bu ulug‘vor yo‘lda xalqimiz huquq, erkinligining qonuniy kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamiz poydevor bo‘layotganini chin dildan his qilamiz, – deydi “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri Dilshod Ochilov. – Bu yilgi bayram tantanalari mamlakatimiz miqyosida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda. Umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Asosiy qonunimizda xalqimizning azaliy orzu-umidlari yanada kengroq o‘z ifodasini topdi. Unda O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi. Mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob, moddalar bilan boyitildi. Qaysi sohani olmaylik, qishloq xo‘jaligi, kimyo-texnologiya, sanoat, ishlab chiqarish, ta’lim, tibbiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlarning mazmun mohiyati yangilangan Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan.  

Tadbir davomida institut talabalari tomonidan namoyish etilgan  sahnaviy chiqishlarda ham inson huquqlari oliy qadriyat ekanligi hayotiy misollar asosida ochib berildi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari