“Konstitutsiya ko‘chasi”da Konstitutsiya targ‘iboti
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Buxoro shahrida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etilgandi.
Viloyat hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu ko‘chada yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.


Tadbir davomida talaba- yoshlar ishtirokida Konstitutsiyaga oid turli viktorinalar o‘tkazildi. Shuningdek, harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar uyushtirildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblari tarqatildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.



Zarif Komilov, O‘zA muxbiri