Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya kelajagimiz kafolati
23:00 / 2023-04-07

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazildi.  

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazildi.  

Tadbirda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sherzod Baxronov qatnashdi.

Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, aksiya doirasida aholiga huquqiy maslahatlar berildi. Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  Yoshlarning intellektual salohiyati va huquqiy bilimlarini sinash va munosib taqdirlash maqsadida turli madaniy chiqishlar va konsert dasturlari tashkil etildi. Referendum va yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-moxiyati buyicha yoshlar va ekspertlarning fikrlari tinlandi.

[gallery-11334]

O‘zbek xalqi ko‘p millatli, bag‘rikeng va mehmondo‘st. Tadbirda koreys, tojik, turk, ozarbayjon va boshqa madaniy markazlar faollari o‘zlarining ajoyib sahna ko‘rinishlari bilan ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Sport ustalari o‘z sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdi.

– Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdosi ham tashkil etildi, – deydi Nogironlar jamiyati Buxoro viloyati rahbari M. Negmatov. – Bu esa Yangi O‘zbekistonda barcha shaxslarning huquqlari teng himoya qilinishi va kafolatlanishi dalilidir.

Tadbir so‘ngida viktorinalarda faol qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, aksiya jarayonida aholining murojaatlari qabul qilindi. Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan 50 dan ortiq savollarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), 
O‘zA