Mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalar qatori iqtisodiy jabhada ham izchil islohotlar amalga oshirildi. Bu sa’y-harakatlar natijasida iqtisodiyot erkinlashib, xususiy mulk egalari ko‘payib bormoqda.
Xususan, valyutaning erkin aylanmasi joriy qilingani, bank tizimi va pul muomalasining erkinlashtirilgani, soliq yuki keskin kamaytirilib, xususiy biznesning qonun himoyasida bo‘lishidek ishonchli tizim yaratilgani bozor iqtisodiyotining rivojiga keng yo‘l ochib berdi.
O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi hamda bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan erkin raqobat asosida tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning hech qanday to‘siqlarsiz harakatlanishi yangilanayotgan Konstitutsiyada kafolatlab qo‘yilayotgani shubhasiz, mamlakat iqtisodiy salohiyati va sarmoyaviy jozibadorligini yanada oshiradi.
Konstitutsiyada o‘z aksini topgan normalar shu vaqtgacha tadbirkorlarni qiynab kelayotgan talay muammolar hal qilinishiga, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar orqali mamlakatimizda tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqilishiga xizmat qilmoqda.
Yurtimizdagi iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning huquqiy kafolatlari to‘g‘risida Jamoat xavfsizligi universiteti professori Bobur Valiyev batafsil ma’lumot beradi.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KAlhCN1Xtzk" title="Konstitutsiya — iqtisodiy taraqqiyotimiz kafolati " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA