Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya — inson qadrining kafolati
13:28 / 2025-12-06

Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham Bosh qomusimiz qabul qilingan sanaga bag‘ishlandi.

Tadbirda Konstitutsiyamizda belgilangan g‘oyalar – qonun ustuvorligi, adolat, inson huquqlari daxlsizligi, tenglik va demokratik qadriyatlarning ahamiyati haqida so‘z bordi. Ushbu tamoyillar “Inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosidagi islohotlarni yanada mustahkamlashga qaratilgani va ta’lim-tarbiya, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya va boshqaruv tizimlarida samarali o‘zgarishlarga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar Asosiy qonunimizda yoshlarning huquq va erkinliklari mustahkamlab qo‘yilgani, ularga keng sharoitlar yaratishni davlat o‘z zimmasiga olganini e’tirof etdilar. Bu yo‘nalishdagi konstitutsiyaviy islohotlar natijasida O‘zbekiston yoshlari har jabhada yutuq va marralarni qo‘lga kiritayotgani qayd etildi.

M.Komilova, O‘zA