French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
21:54 / 2025-12-07

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga bayram tabrigini Prezident administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamentining rahbari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.

[gallery-26623]

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi,  qonun ustuvorligi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarga bundan buyon ham sodiq qolgan holda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar yanada qat’iy davom ettiriladi. Konstitutsiyamizning har bir normasini davlat va jamiyat hayotida amaliy faoliyat mezoniga aylantirish zarurligi, ayniqsa, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar qilib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifalardandir.

[gallery-26624]

Bayram tadbirida davlat va jamoat arboblari, ilm-fan va san’at namoyandalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

[gallery-26625]

Tantana katta konsert dasturi bilan davom etdi. 

 Rustam Nazarmatov,

Nosirjon HAYDAROV,

Shavkat TOHIROV (surat), O‘zA