FOTOREPORTAJ
Nukus gornizonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni ӯtayotgan askarlar, harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bӯlimi vakillari hamda shoir va yozuvchilar qatnashdi.
Tadbirda sӯz olganlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z aksini topayotgani, shuningdek tadbirkorlik va xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yangidan-yangi yutuqlar va natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratib berayotganini alohida qayd etdi.
[gallery-26467]
Shoirlar tomonidan Vatan va Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlarlardan namunalar o‘qildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA