Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya inson erkinligi va farovonligining asosidir
16:19 / 2023-04-25

Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Davlat siyosati ham «inson – jamiyat – davlat» tamoyili asosida olib borilayotgani quvonarlidir. Darhaqiqat, bugun jamiyatda inson omili birinchi o‘ringa chiqdi. Yodingizda bo‘lsa, Prezidentimiz aholi bilan uchrashuvlarining birida «Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak», degan edi. Xuddi mana shu harakat – g‘oya prezidentimizning bosh siyosatiga aylandi, islohotlar asosini tashkil etdi. Bugun ijtimoiy-siyosiy hayotda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar samarasi yurtdoshlarimizning hayoti, taqdirida ham aks etmoqda. Xuddi shu hayotbaxsh harakatlarning Bosh qomusimizda aks etayotgani esa, chinakamiga katta siyosiy voqeadir.

Konstitutsiyaning yangi loyihasini tayyorlash va uning muhokamasi jarayonida yurtdoshlarimizning befarq emasligi, faolligi yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Bildirilgan takliflarda xalqimizning chin ma’noda xohish-irodasi aks etgan.  

Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyada har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lishi, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilmoqda.  

Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyaga ko‘ra, har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek, unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. 

Bu kabi huquqlarning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi inson qadr-qimmati, shaxsiy hayot daxlsizligining mustahkam kafolatidir. Men birgina mana shu modda uchun ham referendumda ishtirok etib, o‘z Konstitutsiyamga ovoz beraman.  

Marufjon Jalilov, 

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori o‘rinbosari