Konstitutsiya — huquq va erkinliklar kafolati (+video)
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilgan.
Jumladan, unga inson huquqlari himoyasiga oid qator progressiv kafolatlar kiritildiki, ular zamirida eng asosiy g‘oya, ya’ni inson huquq va erkinliklari ustuvorligi – huquqiy davlatning oliy maqsadi, deb e’tirof etilishi g‘oyasi yotadi. Aynan mana shu yondashuv asosida Konstitutsiyaning yangi tahririda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshmoqda.
“Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti ana shunday yangi kafolatlardandir. Ularning mazmun-mohiyati nimadan iborat?
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/yITmOkieMTg?si=YjjZM0ss2ck0f3S3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev,O‘zA