Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari kafolati
07:30 / 2020-12-05

Mamlakatimizda Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning yigirma sakkiz yilligi keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan joylarda turli madaniy-ma’rifiy, huquqiy mavzudagi tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 

Yoshlar press klubida ham “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mavzusidagi huquqiy tadbir o‘tkazildi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova ishtirok etdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda asosiy qonunimizga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritilgani haqida so‘z bordi. Bu o‘zgarishlar natijasi mamlakat hayotining barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarning izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirilishida namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Prokuratura organlari tomonidan bu kafolatlarning ta’minlanishida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

UzA