Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz kafolati (+video) 
18:04 / 2023-12-07

Tarixda shunday kunlar, voqealar bo‘ladiki, ular avlodlar xotirasida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun biz uchun ana shunday unutilmas sana hisoblanadi. Shu bois, har yili mamlakatimizda 8 dekabr — Bosh qomusimiz qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Ta’kidlash joizki, xalqimizning istiqlol va ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashi, milliy manfaatlarimiz va intilishlarimizga asoslangan xalqaro huquq normalari bilan qiyoslangan muhim hujjatni qabul qilish bilan O‘zbekiston butun dunyoga inson huquqlarining muqaddasligi va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini rasman e’lon qildi. O‘sha daqiqadan e’tiboran xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z milliy boyliklariga o‘zi egalik qilishi asosiy Qonunda muhrlab qo‘yildi. 

Xulosa qilib aytganda, ulkan mehnat, mashaqqatlar evaziga yaratilgan Bosh qomusimiz nafaqat demokratik taraqqiyotimizning kafolati, balki ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotir. Negaki, uning bosh g‘oyasi insonparvarlik, fuqarolarning erkin va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mbLauxO3pG8" title="Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA