French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz garovi
00:17 / 2025-12-07

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda bosh qomusimiz mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritilib, uning umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlar va xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Navoiy yuridik texnikumi o‘qituvchisi M.Sobirov konstitutsiyaning qabul qilinishi tarixi, hozirgi kundagi bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, bugungi kunda hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarish hamda yangilanishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

– Bosh qomusimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalari rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi Navoiy yuridik texnikumi o‘qituvchisi M.Sobirov. – Bugungi tadbirda mazkur hujjatda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangani, yurtdoshlarimizning ongi va qalbida konstitutsiyamizga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish masalalari xususida so‘z yuritildi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Ta’kidlash o‘rinliki, yangilangan konstitutsiyamizga milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda xususiy mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilgan bo‘lib, bunda davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi mustahkamlangan. 

Shu bilan birga, mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda konstitutsiyaning o‘rni va roli beqiyos.

Uchrashuvda ishtirokchilar konstitutsiya mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va qiziqtirgan savollariga javob oldi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA