Konstitutsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR batalionida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya bugun xalqimiz diqqat e’tiborida. Konstitutsiyaviy islohot Yangi O‘zbekistonda o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat – jamiyat – inson” tamoyili o‘rniga “inson – jamiyat –davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan normalarda insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlash maqsadi mujassam.


Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaning aholi farovonligi hamda yurt taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarning referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligi oshirildi.
Sh.Suyarov, O‘zA