Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjatdir. Unda belgilangan har bir modda inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimizning joriy yil 16 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, sud apparati xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual bahsi o‘tkazildi.
Musobaqa ikki bosqichda o‘tkazilib, sudlov hay’ati bosqichida savol-javoblarda yuqori ball to‘plagan har bir shahar va tumanlardan 2 nafar sud xodimi sudlov hay’atlari raislari tomonidan viloyat bosqichiga tavsiya qilindi.
Viloyat bosqichi Konstitutsiya bo‘yicha insho va test sinovlaridan iborat shaklda o‘tkazilib, unda Jizzax viloyat sudi sudya katta yordamchisi A.Abdimo‘minov faxrli birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi devonxona mudiri X.Ibotov ikkinchi, Jizzax viloyat sudi sudya katta yordamchisi A.Saidxonov uchinchi o‘rinlarga loyiq topildi.
[gallery-14945]
G‘olib va sovrindorlar Jizzax viloyat sudi raisi A.Shukurov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari