Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya bayrami Orolbo‘yida keng nishonlanmoqda
13:07 / 2025-12-07

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A. Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlarimizning mustahkam poydevori - Konstitutsiyamizdir.

Darhaqiqat, mamlakatimizning tarixan qisqa davr ichidagi rivojlanish bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, yangilangan xalqchil Konstitutsiyamiz yaratib bergan beqiyos imkoniyatlar natijasida Yangi O‘zbekistonimiz tom ma’noda imkoniyatlar va taraqqiyot makoniga aylanib, aholining yashash sharoiti yildan-yilga yaxshilanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda Prezidentimizning faqat Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan 25 dan ortiq farmon va qarori bilan ko‘p millatli xalqimizga ko‘plab qulay sharoitlar yaratilganini, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlarimiz, ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar yaqindan qo‘llab-quvvatlanayotganini, tadbirkorlarga ilgari bo‘lmagan imtiyoz va imkoniyatlar berilganini alohida ta’kidlashimiz lozim.

[gallery-26612]

Bayram tadbirida “Eng namunali ko‘chaboshilari" tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichining g‘oliblari taqdirlandi.

Tantanali tadbir san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA