Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya baxtli va farovon kelajak uchun xizmat qiladi (+video)
14:30 / 2023-03-25

Mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkaziladi.

Yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirildi. 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda. Unda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligini ko‘rsatadi.  

Farg‘onalik yoshlar ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Ular yangilanayotgan bosh Qomusimiz baxtli va farovon kelajak uchun xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Zarnigor Ubaydullayeva Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi:  

–Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasiga aylanmoqda. Unda bo‘layotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar biz yoshlar hayotida yangi sahifalar ochishiga ishonamiz.

<iframe width="1920" height="912" src="https://www.youtube.com/embed/m1vDwoIkxEI" title="Konstitutsiya baxtli va farovon kelajak uchun xizmat qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

M.Sulaymonov, O‘zA