Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
13:56 / 2025-12-06

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning viloyat Kengashi raisi Norbobo Soatov, Yangiyer shahar deputati Jamoliddin Komilov va Guliston shahar Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi direktori Baxtiyor Zoirovlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida yoshlar va talabalar Konstitutsiyaning yangi tahriri, unda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Konstitutsiyaning hayotdagi amaliy ahamiyati, jamiyat taraqqiyoti va inson huquqlari bilan bog‘liq muhim jihatlar muhokama qilindi.

– Yoshlarimiz Konstitutsiyaning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi, bu ularning fuqarolik mas’uliyatini va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim qadamdir, – dedi Norbobo Soatov.

Ishtirokchilar ta’kidlashicha, asosiy qonunimiz fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda, inson qadri va farovonligini mustahkamlashda asosiy huquqiy poydevor vazifasini bajaradi. 

G‘ulom Primov, O‘zA