Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – barchamizniki!
17:32 / 2023-03-18

Farg‘onada “Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi” shiori ostida Konstitutsiya loyihasini qo‘llab–quvvatlash yoshlar anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘onaning har ishda o‘rnak va peshqadam yoshlari ishtirok etdilar. Mamalakatning taniqli tadbirkori Murod Nazarov o‘zining hayoti, biznesi misolida so‘nggi yillarda ro‘y bergan beqiyos islohotlar va uning odamlar taqdiridagi in’ikosi haqida gapirib berdi. Shundan so‘ng sahnaga birin ketin viloyat vakillari chiqdilar. Ularning har biri Konstitutsiya mening taqdirimda degan ma’noda ro‘yobga chiqqan orzulari, yangi o‘zgarishlardan kutayotgan umidlarini bayon etdilar.

Shundan so‘ng taniqli san’atkorlar yoshlar bilan bir bo‘lib vatanni tarannum etuvchi ular sevgan qo‘shiqlarni ijro etdilar.

Konstitutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlash yoshlar anjumani uning ishtirokchilarining “Konstitutsiya - barchamizniki” deya hitob qilib ommaviy yurishi bilan yakunlandi.

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/b8n0OGuG-s4" title="Konstitutsiya – barchamizniki!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov (tasvirchi), O‘zA