Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya barchamizniki, unga befarq bo‘lmaslik kerak
14:34 / 2023-03-25

23- Buxoro saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan saylangan deputat Madina Baratova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi referendumiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Deputat M.Baratova shahar hokimligi apparati mas’ullari, targ‘ibot guruhlari a’zolari huzurida so‘zga chiqib, xalqchil Konstitutsiyani qabul qilishni tezkor davrimizning o‘zi taqozo etayotganini, zotan, keyingi yillarda demokratik huquqiy mamlakatda yuz bergan tub o‘zgarishlar aynan shunday yo‘l tutishni talab qilayotganini alohida ta’kidladi.  

Joriy yilning 30 aprelida referendum o‘tkazish orqali kuchga kiradigan yangilangan Konstitutsiyamiz moddalarining endilikda 128 tadan 155 taga, normalarining esa 275 tadan 434 taga ko‘payganini qayd etdi. U shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlash, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim, tadbirkorlik yo‘nalishidagi, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi va ekologiya masalalari bo‘yicha Konstitutsiya loyihasida aks ettirilgan boshqa bir qator normalar bo‘yicha ham o‘z mulohazalarini bayon etdi. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi vazifa hamda vakolatlari loyihada qat’iy belgilab berilganligini ta’kidladi.  

Bir so‘z bilan aytganda “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida qabul qilinadigan xalqchil Konstitutsiya nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga to‘la xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Negaki bu muhim huquqiy hujjat barchamizniki. Unga befarq bo‘lmaslik bugunning asosiy shioridir.  

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga deputat M.Baratova tomonidan batafsil javob berildi.  

Uchrashuvda O'zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati  B.Ochilov so‘zga chiqdi.  

 Zarif Komilov, O‘zA