Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – barcha islohotlarning huquqiy poydevori
11:13 / 2022-07-23

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Poykent Bukhara” mehmonxonasida O’zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Konstitutsiya – barcha islohotlarning huquqiy poydevori” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda O'zLiDeP viloyat, tuman, shahar Kengashlar mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, mahalliy tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbirni O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Farmon Aminov boshqardi.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida ta’kidlanganidek, jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishni taqozo etmoqda. Yangilangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga qo‘yilganligi ham buning yaqqol dalilidir. Inson va uning manfaatlari yangi konstitutsiyada o‘z ifodasini topishi lozimligi fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan aksariyat takliflarda o‘z isbotini topmoqda.

Tadbir davomida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati, inson manfaatlarni himoya qilish yo‘lida ilgari surilgan hamda Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan moddalar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” delb e’lon qilinganligi, endilikda mamlakatimizda “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida izchil ish olib borilishi Konstitutsiya loyihasiga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda.

Yig‘ilishda qonun loyihasining 1-,13-, 37-, 39-, 40-, 41-, 53-, 61-,63-, 90-, 99- 105-,122-moddalari bo‘yicha so‘z bordi. Ayniqsa, O'zLiDePning asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan hamda loyihaning 53-moddasida bayon etilgan “Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli” degan o‘zgartirishlar soha xodimlari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinganligini qayd etdi.

Ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi 99-modda bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashdi. Mazkur moddaga binoan “Tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi”.

So‘ng “Poykent Bukhara” mehmonxonasida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda O'zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari bilan tanishgan bir guruh ishchi- xizmatchilar partiya safiga qabul qilindi. Ularga tegishli guvohnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu tariqa bu yerda Doniyor Ro‘ziyev raisligida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

Zarif Komilov, O‘zA