Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – atrof-muhit muhofazasi va millatlararo totuvlik kafolati
13:54 / 2025-12-07

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yashil kelajak – barcha millatlarning umumiy maqsadi!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Dastlab Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi majmuasida qo‘mita va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi. 

Marosimda partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev so‘nggi yillarda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, umummilliy birlashuvni kuchaytirish, shuningdek xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining so‘nggi yig‘ilishida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi Q. Sariyevning mamlakatimizda umummilliy totuvlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti, unda ilgari surilgan masalalarga e’tibor qaratildi. Bugungi murakkab global jarayonlar, geosiyosiy beqarorlik va turli ziddiyatlar fonida Yangi O‘zbekistonning tinchlik, barqarorlik va hamjihatlik yo‘lidan dadil odimlayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilayotgani qayd etildi. 

Milliy madaniy markazlar pavilonida turli millat va elatlarning madaniyati, tili, urf-odati va qadriyatlarini namoyish etuvchi ko‘rgazma ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi. “Bir daraxt – bir do‘stlik, bir nafas – umumiy hayot!” shiori ostida o‘tkazilgan ramziy daraxt ekish aksiyasi tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.

[gallery-26617]

Tadbirning asosiy qismi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 33 yil – yangi bosqichda atrof-muhitni muhofaza qilish kafolatlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati bilan davom etdi. Unda Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Ekologik partiya Markaziy Kengashi, do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi. 

Davra suhbati davomida “Konstitutsiya – millatlararo totuvlik va jamiyat barqaror taraqqiyotining huquqiy kafolati”, “Konstitutsiyada ekologik huquq va majburiyatlar: sog‘lom atrof-muhit va ekologik xavfsizlikning konstitutsion kafolatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Yakunda milliy madaniy markazlarning havaskor jamoalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Tadbir Konstitutsiyada mustahkamlangan inson qadri, millatlararo totuvlik va ekologik barqarorlik g‘oyalarini yanada ommalashtirishga, shuningdek jamiyatimizda “Yashil kelajak” tushunchasini umumiy maqsad sifatida mustahkamlashga xizmat qildi.

Kamola Yusupova,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA