French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – adolat mezoni va davlatchilik barqarorligining mustahkam poydevori
12:41 / 2025-12-06

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida 8 dekabr—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va Bosh qomusimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati U. Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasining katta yordamchisi I. Mustafayev, filial direktori, professor A.Yesimbetovlar so‘zga chiqishib, yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etishdi.

Ta’kidlanganidek Bosh qomus mamlakatning huquqiy qiyofasini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjat sifatida umumxalq birdamligi, insonparvarlik tamoyillari va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Konstitutsiyada belgilangan demokratik tamoyillarning hayotda qay tarzda namoyon bo‘layotgani, qonunlar qabul qilinishida ochiqlik va javobgarlik masalalari tobora kuchayib borayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Shuningdek sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar, qomusda belgilangan huquqiy kafolatlarning amaliyotda o‘z tasdig‘ini topayotgani qayd etildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash davlat boshqaruvining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bugungi natijalar amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan huquqiy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, Konstitutsiyada belgilangan normalarni hayot falsafasi sifatida qabul qilish zarurligi yuzasidan fikrlar bildirildi. 

Filialda o‘tgan tadbir yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, ularni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish sari muhim qadam sifatida qayd etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA