Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsion o‘zgarishlar inson huquqlarini belgilaydi
16:28 / 2022-06-30

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida «O‘zbekipaksanoat» va «Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish» uyushmalari xodimlari ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsion qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Shahnoza Joldasova uyushma xodimlariga qomusimizdagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.   

Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan asosiy 4 ta yo‘nalishda 50 ga yaqin bergan takliflari fuqarolarning huquq va manfaatlari, hayot turmushining yaxshilanishi, mamlakat iqtisodiyoti va tashqi siyosatining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori bilan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiyaga o‘tgan bir oy davomida kelib tushgan 60 mingdan ortiq takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlanib, bugungi kunda umumxalq muhokamasiga chiqarilganligi yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.  

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.  

Ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra, «inson-jamiyat-davlat», «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyillarni Konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilgani tushuntirildi.  

O‘z navbatida uyushma xodimlari Konstitutsiyadagi mazkur o‘zgarishlar o‘zlarining hayotlarida chuqur ma’no kasb etishini anglagan holda o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirib o‘tdi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA