Qonun loyihasiga sharh
Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinib, 10 fevralga qadar palata rasmiy veb-saytida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Diniy e’tiqod va vijdon erkinligiga oid huquqlar Bosh qomusimiz va va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan bir sharoitda ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishga qanday ehtiyoj tug‘ildi? Mazkur hujjatda qanday masalalar va yo‘nalishlar nazarda tutilmoqda, qanday natijalar kutilmoqda?
Shu kabi savollar doirasidagi jihatlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, loyiha tashabbuskorlaridan biri Shahnoza Xolmahamatova batafsil sharhlab berdi.
Deputatning qayd etishicha, hujjat loyihasida vijdon erkinligi huquqini yanada kafolatlash, diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplari, ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari ochib berilyapti.
Konsepsiyada diniy sohadagi huquqlarni cheklovchi biror-bir yangi qoidalar kiritilmayapti. Aksincha, huquqlar aniq bayon etilib, davlatning bu boradagi mas’uliyati va majburiyati belgilanmoqda.
Hujjatning qabul qilinishi natijasida jamiyatda qonun ustuvorligi, ijtimoiy hamjihatlik va birdamlik muhiti mustahkamlanadi, davlat va konfessiyalar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik ta’minlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/icAckQ_wl1k?si=mG3yl2rV60vyHi5K" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Nishon Abduvoitov,
Anvar Ahmedov (video), O‘zA