Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konsepsiya ijrosi — Ekopartiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri
11:12 / 2025-05-23

Ma’lumki, shu yil 15 mayda “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinib, unda bugungi davr uchun dolzarb bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Endilikda mazkur qaror mazmuni va ahamiyatini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, tadbirlar va davra suhbatlarini tashkil etish, aholi qatlamlariga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bu borada O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olishmoqda.  

Jumladan, partiyaning Toshkent shahar Kengashi tomonidan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish Konsepsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda partiya shahar kengashi a’zolari, tuman bo‘limlari raislari, mahalliy Kengash deputatlari, “Yoshlar qanoti” vakillari hamda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ushbu Konsepsiyaning asosiy mazmuni, uning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berilib, uning ijrosini ta’minlash mexanizmlari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, dasturilamal hujjatning mohiyatini aholi va yoshlar orasida, jamoalarda, korxona va tashkilotlarda keng targ‘ib qilish, samarali ijrosi ustidan nazorat olib borish Ekopartiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, bu borada kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

M.Komilova,

O‘zA