Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konimexlik yosh chegarachilar g‘olib bo‘ldi
17:55 / 2024-04-17

Zarafshon shahridagi harbiy qism poligonida “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, irodali, mard va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni saralash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada, Zarafshon shahri, Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlaridagi umumta’lim maktablarining “Yosh chegarachilar” to‘garaklari a’zolari ishtirok etdi.

Jamoalar mashq bajarish, yugurish, turnikda tortilish, otish, qurollarni yig‘ish va qismlarga ajratish kabi shartlarda o‘zaro bellashdi.

Shuningdek, intellektual testlarda o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi. Yakunda 1-o‘rinni Konimex tumanining “Temur izdoshlari”, 2-o‘rinni Zarafshon shahrining “Shijoat” va 3-o‘rinni Uchquduq tumanining “Qalqon” jamoalari egalladi. G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, bir guruh faol yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri