Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konimexda zamonaviy fitnes klub ish boshladi
15:55 / 2021-04-02

Navoiy viloyati Konimex tumani markazida tadbirkor Nursulton Jumatayev tomonidan “Fitnes klub” foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib ko‘p yillardan beri foydalanilmay kelinayotgan binoga xorijdan olib kelingan sport anjomlari va bino jihozlariga tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan 300 million va bank krediti asosida esa 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada ushbu “Fitnes klub”ning faoliyat boshlashi evaziga 7 nafar “Yoshlar daftari”da turgan yigit-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Sport inshootining ochilish marosimida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus keyingi yillarda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan, madaniyat va san’at, shuningdek, sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

[gallery-1868]

– Ana shunday e’tibor samarasi o‘laroq bugungi kunda qishloq yoshlari orasidan ham mamlakatimiz va xalqaro miqyosda respublikamiz sharafini munosib himoya qiladigan chempionlar chiqayotganligi hech kimga sir emas, – deydi tuman hokimi Muratxan Egamqulov. 

– Joriy yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi, 5 tashabbusning 2-yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Unga ko‘ra, sport majmualarining barpo etilishi nafaqat shahar markazlaridagi, balki olis qishloq yoshlarini ham sportga keng jalb etishda qo‘l kelmoqda.

Ellik o‘ringa mo‘ljallangan sport majmuasida endilikda nafaqat yoshlar, balki nuroniylar, xotin-qizlar, shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarning ishchi-xodimlari ham ish vaqtidan so‘ng hamda dam olish kunlari sport bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu esa davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutadi.

Tadbir ishtirokchilari “Fitnes klub”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari ham klubda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari, bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan ona Vatan, do‘stlik va yoshlik, millatlararo totuvlikni tarannum etuvchi dilrabo kuy va qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

 

Abduvali Bo‘riyev, 

Siroj Aslonov (foto), O‘zA