Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kongoda yuz bergan suv toshqini qurbonlari 438 kishiga yetdi
12:37 / 2023-05-12

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida Janubiy Kiva provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari aholi uchun ulkan kulfat keltirdi. Hozirgacha tabiiy ofat qurbonlari soni 438 kishiga yetdi, deb yozmoqda «Sinxua» agentligi mahalliy hukumat manbalariga tayangan holda.

Bedarak yo‘qolganlar soni haligacha noma’lumligicha qolmoqda.  

Uzoq muddat jala quyishi suv toshqinlarini va  ko‘chkilarni keltirib chiqargan. Ayniqsa, Bushushu va Nyamukubi aholi punktlari katta zarar ko‘rgani aytilmoqda. Davlat rahbari Feliks Chisekedi qarori bilan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun hududga hukumat komissiyasi jo‘natilgan.  

Kongodagi «Actualite» yangiliklar portali xabar berishicha, suv toshqinlari qurbonlariga umummilliy motam e’lon qilingan.