Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kongoda poyezd halokati qurbonlari soni 75 kishiga yetdi
19:36 / 2022-03-14

Kongo Demokratik Respublikasida juma kuni sodir bo‘lgan poyezd halokatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi.

Kongo milliy temir yo‘l kompaniyasi ma’lum qilishicha, mamlakatning janubi-sharqida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida yana kamida 125 kishi jabrlandi, ulardan 28 nafari og‘ir ahvolda.

Baxtsiz hodisa Lualaba provinsiyasining Lubudi tumanida juma kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan va shanba kuni rasmiylar 60 kishining o‘lganini ma’lum qilgan edi.

Yuk poyezdi Muyeneditu shahridan mamlakatning uchinchi yirik shahri va kon sanoati poytaxti Lubumbashiga ketayotgan edi.

Telekommunikatsiya va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, poyezd boshqaruvni yo‘qotgan va natijada 15 vagondan bir nechtasi jarlikka qulab tushgan.

Yaradorlar, jumladan, aviahalokatda ota-onasi vafot etgan ikki yoshli bola Lubudi shifoxonalarida davolanmoqda, – deydi rasmiylar. Shuningdek, qurbonlarning oilalari jasadlarni dafn qilish uchun Lubudiga yetib keladi.

Yakshanba oqshomida prezident Feliks Tshisekedi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Bundan tashqari, Senegal prezidenti va Afrika Ittifoqining amaldagi raisi Makki Sall ham prezident Tshisekedi va Kongo xalqiga hamdardlik hamdardligi izhor qildi.

– O‘lganlarning ruhlari shod bo‘lsin, – dedi Makki Sall. – Jarohatlanganlar tezroq tuzalib ketsin.

Kongo Demokratik Respublikasining ushbu qismida temir yo‘l infratuzilmasi buzilganligi sababli tez-tez poyezd halokatlari sodir bo‘lib turadi.

Ta’kidlash joiz, 2021 yil oktyabr oyida Lualaba provinsiyasining Kenzenze shahrida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan edi.

Ulug‘bek Mahmirzayev