Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kongo demokratik respublikasida vulqon otilishidan qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritildi
12:40 / 2021-05-27

BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, Niragongo vulqonining otilishi oqibatida kamida 20 ming kishi boshpanasiz qolgan, 40 kishi dom daraksiz g‘oyib bo‘lgan.

"31 kishi halok bo‘lgan, shundan 13 nafari shahardan ko‘chirilayotganda hayotdan ko‘z yumgan, 40 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan, bir qancha kishi kasalxonaga yotqizilgan. 4,5 ming uy xo‘jaligi vayron bo‘lib, taxminan 20 ming kishi boshpanasidan ayrilgan", — deyiladi xabarda.

O‘tgan shanba kuni mamlakatning Shimoliy Kivu viloyatidagi Goma shahri yaqinida Niragongo vulqoni uyg‘ongani haqida xabar tarqatilgan edi.

Frans-Press agentligining ma’lum qilishicha, Goma shahri vulqon o‘chog‘idan 20 kilometr uzoqda joylashgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, shanba kuni Goma shahrini taxminan 5 ming kishi tark etgan. Vulqon uyg‘ongan tumanda o‘ndan ortiq yer qimirlashlar sodir bo‘lgan.

Niragongo vulqoni so‘nggi marta 2002 yil yanvarda otilgan edi. O‘shanda mahalliy OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kishi halok bo‘lgan, 120 ming kishi bosh-panasiz qolgandi.  

 

O‘zA