Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘ngilli yoshlar ham aholi ham markaz xodimlariga ko‘maklashmoqda
15:33 / 2021-12-24

Davlat xizmatlari agentligi dastlab aholiga 16 turdagi xizmatlarni ko‘rsatgan bo‘lsa, bu xizmatlar bugunga kelib 160 taga yetdi. Tabiiyki, bunday jarayonlarda aholini xabardor qilish muhim. Bu borada Namangan viloyatidagi ko‘ngilli yoshlar Davlat xizmatlari markazi xodimlariga yaqindan ko‘makdosh bo‘lmoqda.

Davlat xizmatlari hamda Yoshlar ishlari agentliklarining viloyat boshqarmalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida ham aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va markazda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida ko‘ngilli yoshlarni jalb etish nazarda tutilgan.

Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” bo‘yicha xizmatdan foydalanish uchun kelgan fuqarolarni yosh volontyorlar kutib oladi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimga yo‘naltiradi. Namangan shahar davlat xizmatlari markazi xodimi dastlab, ko‘ngilli yoshlarni aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Markazda mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan foydalanishning turli imkoniyatlari to‘g‘risida tashrif buyuruvchilar xabardorligini oshirish, xizmat olish uchun kelgan nogironligi bor fuqarolarga ko‘maklashish yosh volontyorlarning asosiy yumushlaridan biridir.

Shuningdek, yoshlar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan joydan fuqarolarni emin-erkin foydalanishlariga yordam beradi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad, fuqarolar xizmatlarni tez va sifatli olishi, ortiqcha navbat hosil bo‘lmasligiga erishishdir.

Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida aholi xabardorligini oshirishda yosh ko‘ngillilar bilan birgalikda ish olib borish yaxshi natija beradi. Markazdan olisda joylashgan hududlarga borib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan masofadan turib qanday foydalanishni o‘rgatishda ham yoshlarning o‘rni va ishtiroki muhim. Ikki tomonlama imzolangan memorandumda ham ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA