French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konfetlar orasidagi giyohvandlik vositalari
13:45 / 2023-07-21

Giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi DXX va IIB xodimlari hamkorlikda  “Urganch xalqaro aeroporti” yaqinida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro S.A. tomonidan konfetlar orasida yashirincha olib kelingan 10 dona sellofan paketchalarda og‘irligi 175 grammga teng bo‘lgan “geroin” vositasi hamda 16 dona sellofan paketchalarda og‘irligi 405 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini fuqaro M.A. qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Ahmadjon SHOKIROV,

O‘zA