Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konferensiya Yevropa dinshunos olimlari oʻrtasida ham katta qiziqishga sabab boʻlayapti
22:09 / 2020-03-02

Ushbu nufuzli konferensiyaga taklif etishgani uchun oʻz minnatdorligimni bildiraman.


GAMBURG, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Gamburg universitetining Dunyo dinlari akademiyasi olimi Xureyre Kam “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda joriy yilning 3-5-mart kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladigan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga oid fikrlari bilan boʻlishdi.

– Ushbu nufuzli konferensiyaga taklif etishgani uchun oʻz minnatdorligimni bildiraman. Oʻzbekiston, xususan, qadim tamaddun beshiklaridan biri boʻlgan Samarqandni oʻzgacha qadrlayman. Ushbu shahar koʻchalari, mahallalari hamda mehmondoʻst oʻzbek xalqi menga bolaligim haqidagi iliq xotiralarni eslatadi.

Germaniya ilmiy doiralaridan tarkib topgan delegatsiya tarkibida 2018-yil 28-iyul — 6-avgust kunlari mamlakatingizga safar qilgandim. Uning doirasida yurtingizda amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlarga guvoh boʻldim.

Qisqa muddatda Oʻzbekistonda milliy madaniy merosni asrash, buyuk oʻzbek ajdodlari nomini abadiylashtirish boʻyicha jadal surʼatlardagi ishlar, islom dunyosining yirik namoyandalari – Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi ajdodlar ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilishda erishilgan yutuqlar meni lol qoldirdi.

Konferensiya Yevropa dinshunos olimlari oʻrtasida ham katta qiziqishga sabab boʻlyapti. Shuningdek, anjumanga Misrning Al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va dunyoning turli mamlakatlaridan koʻzga koʻringan moturidiyshunos olimlar taklif etilgani uning nufuzi va mavqeini oshiradi. Ushbu tadbir Imom Moturidiy merosini yana-da chuqur oʻrganish, moturidiylik taʼlimoti mohiyatini ochib beradigan xilma-xil fikrlar maydoniga aylanishiga ishonaman.

Bu kabi nufuzli anjumanning Buyuk allomalar yurti – Oʻzbekistonda oʻtkazilishi jahon miqyosida ham yoshlarni sogʻlom gʻoya va qarashlar asosida kamol toptirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Xalqaro anjumanda maʼruza qilish barobarida Moturidiy taʼlimotining ikki tomonlama epistemologiyasini muhokama qilish istagidaman.

Ushbu safar men uchun Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkonini berishidan mamnunman.