Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konchilar sharaflandi
12:32 / 2023-05-20

Har yili mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan turli kasb egalari va mehnat faxriylari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston Qahramoni, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov korxonalar jamoalarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda kombinat mamlakatimiz iqtisodiyoti drayveri sifatida dunyoning oltin ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalari orasida o‘z mavqeini yil sayin mustahkamlab bormoqda.  

– Joriy yilning o‘tgan to‘rt oyida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 18,8 trillion so‘mni, o‘sish sur’ati esa 102,5 foizni tashkil etdi, – deydi Q.Sanoqulov. – Investitsiya dasturi doirasida 133,7 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, mahalliylashtirish dasturi doirasida qariyb 201 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.  

Kombinatning fidoyi, malakali muhandis va tajribali mutaxassislarining tinimsiz mehnatlari tufayli yangi konlar ochilib, ma’danlarni tashish uchun temir yo‘llar qurilmoqda. 5- va 7-gidrometallurgiya zavodi, 2-gidrometallurgiya zavodining “B” blogi ishga tushirildi. Yaqin kunlarda 6-gidrometallurgiya zavodi faoliyat boshlaydi.  

Zarafshon qurilish boshqarmasining tajribali mutaxassislari va kombinat temir yo‘lchilarining sa’y-harakatlari bilan “Turbay” konini gidrometallurgiya zavodlari bilan bog‘lovchi 52 kilometrlik temir yo‘l liniyasi qurilishi nihoyasiga yetdi. Tadbirda kombinat tizimida mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan yuksak hissasi uchun hamda kasb bayrami munosabati bilan 1-, 2- va 3-darajali “Konchilik shuhrati”, “NKMK faxriysi” ko‘krak nishonlari, “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.  

“Farhod” madaniyat saroyi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

 

Abduvali Bo‘riyev,  

O‘zA