O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kon qazib olish korxonalarining yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini va Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
ochiq konlarda xizmat ko‘rsatadigan avtotransport kompaniyasi xodimlarining asosiy vazifalari;
sanoat transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibiga qo‘yiladigan talablar va unga texnik xizmat ko‘rsatishning asosiy qoidalari;
karerlardagi avtomobil yo‘llariga qo‘yiladigan talablar;
harakatlanuvchi tarkibni ishlatish paytida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablarini nazarda tutuvchi Kon qazib olish korxonalarining yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari;
texnologik jihatdan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash jarayoni bilan bog‘liq qoldiqlar saqlanadigan joy va barcha turdagi boshqa gidrotexnik moslamalar maxsus tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bo‘yicha qurilishi;
kon-boyitish faoliyati chiqindilari tashkil etish maydonchalari, sanitariya-himoya va muhofaza zonalari;
kon qoldiqlarini saqlovchi gidrotexnik inshoatlardan xavfsiz foydalanish talablarini nazarda tutuvchi Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur qoidalar kon qazib olish korxonalarining texnologik yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning bexatar olib borilishini va texnologik yo‘l transportidan foydalanishning butun davridagi jarayonlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ellikta va undan ortik texnologik yo‘l transport vositalari mavjud bo‘lgan tashkilotlarda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkil etiladi yoki yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtotrasport korxonasining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
O‘zA