Kon oʻzlashtirilishiga qarshi miting boʻlib oʻtdi
Bishkekda uran konini oʻzlashtirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi.
Bishkekda uran konini oʻzlashtirishga qarshi miting boʻlib oʻtdi. Ular “YurAziya v Kыrgыzstane” (“Qirgʻizistondagi YurOsiyo”) kompaniyasidan Issiqkoʻl viloyatida koni oʻzlashtirishga berilgan litsenziya olib qoʻyilishini va mamlakat boʻylab moratoriy joriy qilinishini talab qildilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Qizil-Ompol uran konida razvedka ishlari olib borilishiga ruxsat bergan masʼul shaxslarni javobgarlikka tortishni ham talab qilib chiqdilar.
Qirgʻiziston hukumati Qizil-Ompol uran koni atrofidagi vaziyat borasida batafsil maʼlumot bermadi. Bosh vazir oʻrinbosari Qubatbek Boronov uran qazib olish va geologorazvedka ishlari uchun berilgan litsenziya qaytarib olinganini aytdi.
“Men, kon berkitilgani haqida rasman bayonot beraman. Kompaniyaning nafaqat konni oʻzlashtirishga, balki geologiya-razvedka ishlari uchun ham huquqi yoʻq. Biz litsenziyani qaytarib oldik”, dedi mahalliy aholi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida bosh vazir oʻrinbosari.
Ammo hukumat matbuot xizmati esa komissiya oʻz ishini davom ettirayotganini maʼlum qildi, ishlab chiqaruvchilar esa qanday javob berishni bilmayapti.