French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kompozitsion, ham mavzu jihatidan mahobatli rangtasvir asarlar
13:44 / 2025-10-22

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, iste’dodli rassom Anvar Boboning “A kvant” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ekspozitsiyada rassomning 50 ga yaqin  rangtasvir asarlari namoyish etildi.

Anvar Bobo 1980 yilda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Rassomning asarlari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi va O‘zbekiston Milliy bank galereyasi hamda xorijdagi shaxsiy to‘plamlarda saqlanadi.

Tadbirda qayd etilganidek, Anvar Boboning bugungi eskpozitsiyada qo‘yilgan ishlari uning ijodining kichik bir qismi, hisoblanadi. Rassomning asarlari ham kompozitsion, ham mavzu jihatidan mahobatli. Asarlarga nazar tashlar ekansiz musavvirning ajoyib ustoz, mehribon murabbiy Nig‘mat Qo‘ziboyevning saboq va o‘gitlarini bekamu-ko‘st o‘zlashtirganini va tinimsiz mehnat mashaqqatlari guvohi bo‘lasiz.  

Ijodkor ochiq havoda imperessionistik ruhdagi asarlar yaratar ekan, unda ranglar va chiziqlar katta-katta mazoklar ko‘rinishida shiddatli ekpressiv g‘alayon ko‘tarayotgandek taassurot uyg‘otadi.  

[gallery-25846]

Kompozitsiya hajman qanchalar yirik bo‘lsa, mazoklar ham shu qadar yirik, ba’zida esa aksincha matoning qaysidir joylarida ranglarni silliq bersa, qaysidir joylariga yirik mazoklar qo‘yadi.

Tasvirdagi manzaralar ko‘pincha tabiatning boshqa a’zolari bilan qo‘shilib mavzu umumiyligini, ayni paytda uning uyg‘unlashib ketishini yuzaga keltiradi. Kompozitsion va ranglar yechimiga ustalik bilan kelingan, asosan, ranglar ijodkorning ichki hissiyotlari va kechinmalarini ifodalaydi. Musavvir kompozitsiya mavzusini ochib berishda, shuningdek, ramziy ma’nolar anglatuvchi unsurlardan ham unumli foydalana oladi. Bu ramziylik gohida real ma’no anglasa, gohida majoziy ma’nolarga ham ishora qiladi.

Gulnoza Boboyeva,  

Oybek Pardayev(surat), O‘zA