Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ish yurituvdagi fuqarolar manfaatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 9 oyi davomida hududiy bo‘limlar ish yurituviga jami 2 trillion 980 milliard 437 million so‘mlik 243 ming 564 ta ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro ishlari yuritilgan.
– Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 67 mingdan ortiq ijro hujjatlari bo‘yicha 628 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan, – deydi Byuroning viloyat boshqarmasi katta inspektori Feruza Mamanova. – Fuqarolar foydasiga hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan bog‘liq jami 36 ta ijro ishi kelib tushgan bo‘lib, jami 973 million so‘m mablag‘ undirib berilgan. Shuningdek, 5 ming 784 ta ijro hujjati bo‘yicha fuqarolar foydasiga 50,7 milliard so‘mlik mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.
Hozirda fuqarolar foydasiga 17 ming 334 ta 124,2 milliard so‘mlik hamda yuridik shaxslar foydasiga 38 ming 409 ta 1,4 trillion so‘mlik ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri