French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kompensatsiya pullari to‘lab beriladi
16:39 / 2024-10-07

Ma’lumki, Prezidentimizning tegishli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining yig‘ilish bayoniga asosan Toshkent viloyati hududidagi “O‘zbekko‘mir” AJ Angren ko‘mir koni kengaytirilmoqda. Topshiriq ijrosi yuzasidan yer maydonlari kompensatsiya evaziga uchun olinmoqda.

Xususan, ko‘mir koni yaqinida joylashgan “Chinniobod” MFY hududidagi ko‘chmas mulklarni boshqa joyga ko‘chirish (buzish)da mulkdorlarga yetkazilgan mulkiy zararlar Respublika kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan.  

Shunga binoan, 1-bosqichda 91 nafar mulkdorga 13,1 milliard so‘m kompensatsiya mablag‘i to‘lab berilgan. 2-bosqichda esa 95 ta ko‘chmas mulk(73 ta turar, 1 ta noturar, 21 ta bo‘sh yer)ni boshqa joyga ko‘chirish ishlari uchun 49,2 milliard so‘m kompensatsiya mablag‘i talab etilmoqda. Xalq deputatlari viloyat, Angren shahar Kengashlari qarorlariga asosan mulkdorlar bilan ochiq muhokamalar o‘tkazilib, barcha mulkdorlarning rozilik xatlari olingan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.  

Shuningdek, 77 ta mulkdor bilan notarial kelishuv bitimlari tuzildi hamda 18 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari (18 ta bo‘sh yer) meros hujjatlarini rasmiylashtirgandan so‘ng, notarial kelishuv bitimlari tuziladi.  

Mazkur ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev aholi bilan yaqindan muloqot olib bordi. Shu bo‘yicha shtab tashkil etish hamda Ishchi guruhi tuziladigan bo‘ldi. Unga aholi tomonidan ham vakillar biriktirish choralari ko‘rildi. Ayniqsa, to‘lovlar muddatlari va shaffofligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ham kelishib olindi.  

A.Musayev,O‘zA.