Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kommunal xizmatlarga Turkiya tajribasi tatbiq etiladi
17:53 / 2021-06-11

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Turkiyaning “Apsiyon” kompaniyasi bilan ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida yaqin hamkorlik o‘rnatmoqda.

Bugun kompaniya ekspertlari Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Birlashgan” va “Parvoz” mahalla fuqaro yig‘inlarida bo‘ldi. “Parvoz” mahallasida ish boshlagan “Shinam uy-joy” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, vazirlik bilan hamkorlikda sohani raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq savollarga javob berishdi. Boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga o‘z tasarrufida bo‘lgan uy-joylarda olib borilayotgan ishlarni onlayn tarzda nazorat qilib borish imkonini beruvchi elektron dastur to‘g‘risida ham ma’lumotlar taqdim etildi.  

Qayd etish joizki, mazkur elektron dastur vositasida kommunal to‘lovlarni amalga oshirish va xarajatlar oqimini muntazam kuzatib borish, korxonaga tushayotgan badal to‘lovlarini nazorat qilish, umumiy qarzdorlik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda ko‘p xonadonli uy-joyga javobgar kompaniya ko‘rsatadigan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoni paydo bo‘ladi.“Apsiyon” kompaniyasining ana shunday mobil ilovasidan hozir Turkiyadan tashqari Ozarbayjon, Ukraina va Makedoniyadagi ko‘p qavatli uy-joylar, biznes markazlari ham keng foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz: hozirgi kunda kompaniya turli mamlakatlarda 14 ming 342 ta ko‘p qavatli uy, 1 million 10 ming 43 ta xonadon, 2 million 57 ming 386 nafar foydalanuvchi hamda 2 mingdan ortiq boshqaruv servis kompaniyasiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

 

O‘zA