English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kommunal sohada zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etiladi
16:16 / 2021-06-18

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Germaniya brendi – “Bosch” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi mutasaddi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, GIZ vakillari “Bosch” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun kommunal sohada zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etish taklifini ilgari surdi. O‘quv markaziga barcha innovatsion bilimlarni o‘zida mujassam etgan 3 yillik o‘quv dasturi joriy qilingani alohida ta’kidlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi boshqarma boshlig‘i Azizbek Erkaboyev ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, o‘quv markazi salmog‘ini yanada kengaytirish, xususan, soha xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida vazirlikning «Kommunalo‘quv» DUK tarkibida ochish taklifini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Bosch” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kommunal sohaga oid texnikalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bildirilgan takliflarni o‘zaro o‘rganib chiqishga kelishib olindi.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA