French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kommunal sohada qanday o‘zgarishlar bor? (+video)
20:56 / 2025-12-24

Toshkent shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning borishi: erishilgan natijalar va kelgusidagi dolzarb vazifalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov so‘nggi yillarda kommunal xo‘jalik sohasida amalga oshirilgan tizimli islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga batafsil to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, kommunal xo‘jalik aholi hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, uzluksiz boshqaruv va yuqori mas’uliyatni talab etuvchi murakkab tizim hisoblanadi.

— Kommunal soha faqat infratuzilma emas, balki insonning kundalik hayot sifati va kayfiyatiga bevosita ta’sir etuvchi muhim tizimdir, – dedi vazir Sherzod Hidoyatov. – Shu bois har bir islohot avvalo, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan. Yillar davomida shakllangan tizimli muammolarni bartaraf etishda raqamlashtirish hal qiluvchi omilga aylandi. Xususan, “Mening uyim” billing tizimi ko‘p kvartirali uylarni saqlash va boshqarish jarayonlarini inson omilisiz, shaffof va raqamli tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda.

Joriy yilda mazkur tizim orqali boshqaruv organlariga 894 mlrd. so‘m majburiy badal to‘lovlari kelib tushdi. Bu esa sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri — aholining debitor qarzdorligini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri”, “Hot water”, “Xavfsiz lift”, “Turar-joy” milliy axborot tizimlari ishga tushirildi.

2022-2025 yillarda sohani tartibga solishga qaratilgan 13 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan, 1 ta qonun va 2 ta Prezident qarori qabul qilinib, huquqiy baza mustahkamlandi.

Ko‘p qavatli uylarni boshqarishda tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini kuchaytirish va servis xizmatlar bozorini shakllantirish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

2022-2025 yillarda respublika byudjeti va boshqaruv organlari mablag‘lari hisobidan 34 501 ta uyda ta’mirlash ishlari bajarildi. Hozirgi kunda respublikada 44 318 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularda 1,5 milliondan ortiq xonadon joylashgan.

2025 yil davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 9 812 ta uy mukammal va joriy ta’mirlandi. Tom qismlari, kirish yo‘laklari, yerto‘lalar, ichki muhandislik tarmoqlari va fasadlar yangilandi. Energiya tejamkor lampalar, kodli temir eshiklar va zamonaviy oyna romlar o‘rnatildi. Davlat dasturlari, mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan 6 448 ta uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

So‘nggi besh yilda issiqlik ta’minoti sohasida 98 ta loyiha amalga oshirildi. Jami 82 ta qozonxona va 333 km. issiqlik tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi, 973 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatildi.

Natijada 2 354 ta ko‘p qavatli uy va 261 ta ijtimoiy ob’ektning issiqlik ta’minoti yaxshilandi. 2025 yilda 495 ta uyning ichki issiqlik tizimlari to‘liq tiklanib, 58 ming nafardan ortiq aholining yashash sharoiti yaxshilandi.

Shuningdek, sohaga doir tub islohotlarni amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2025 yil 11 martdagi qaroriga muvofiq, sohada yagona davlat siyosatini yurituvchi organ sifatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi belgilandi. “Issiqlikta’minoti” AJ esa muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat boshladi.

2025 yilda “Xavfsiz lift” yagona elektron platformasi ishga tushirildi. Respublika bo‘ylab 14 mingdan ortiq lift uskunalari xatlovdan o‘tkazilib, raqamlashtirildi.

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 2025 yilda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrovi 82,8 foizga, oqova suv tizimi bilan qamrov esa 22,3 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida fasadlarni bazalt qoplama bilan qoplash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilda 983 ta uyning 1,4 mln. kv.m. fasad qismi ta’mirlandi.

Tadbir yakunida OAV vakillari va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib, kommunal xo‘jalik sohasidagi islohotlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-zFk4LAgGlU" title="Kommunal sohada qanday o`zgarishlar bor?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA