Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Komissiya yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi
15:25 / 2024-10-11

Buxoroda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, viloyat hokimi B.Zaripov, Hukumat komissiyasi a’zolari, shuningdek, Respublika vazirlik, idora, tijorat banklarining mas’ul rahbarlari hamda ularning viloyatdagi tizimlari rahbarlari qatnashdi.  

Dastlab viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan muammoli tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning 55 nafarining kommunikatsiya bilan ta’minlash, kredit ajratish yoki muddatini uzaytirish, kadastr hujjatlari rasmiylashtirish, soliq, bojxona va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlar muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyida investitsiya va eksport prognozi ko‘rsatkichlari ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Jumladan, Peshku, Olot, Qorovulbozor tumanlari hamda Kogon shahri hokimlari va ularning soha bo‘yicha o‘rinbosarlari joriy yil yakuniga qadar belgilangan reja ko‘rsatkichlarini ta’minlamagan taqdirda intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.  

Shuningdek, viloyatning 2025 yil uchun belgilangan Hududiy investitsiya dasturi loyihasi hamda Davlat dasturiga kiritilayotgan takliflar tashabbuskor vazirlik, idora, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar ishtirokida muhokama qilindi.  

Ishlab chiqilgan loyiha takliflarini qayta ko‘rib chiqib, 3 kun muddatda istiqbolsiz loyihalarni dasturdan chiqarish, loyiha qiymati va yaratiladigan ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatib berish borasida topshiriqlar berildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.