French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Komissiya a’zolari uchun o‘quv-seminar
10:49 / 2024-09-06

Jizzax viloyati Paxtakor, Zafarobod va Do‘stlik tumanlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun o‘quv-seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.

Unda hududiy trenerlar tomonidan ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning huquqiy asoslari, saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.  

Saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov komissiyalari binolari, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.    

Bundan tashqari, ushbu o‘quv-seminarda, MSKning qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari ham tushuntirildi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.