Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘mirdan gaz ishlab chiqarish qanday jarayon? (+video)
17:54 / 2025-09-12

Ko‘mir an’anaviy energiya manbai sifatida asrlar davomida inson hayotida muhim o‘rin egallab kelgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar orqali uni yanada samarali va ekologik toza quvvat manbaiga aylantirish mumkin.

“Inner Mongolia Datang International Keshiketing Coal Gas Co., Ltd.” (Ichki Mo‘g‘uliston Datang Xalqaro Ko‘kshekten Ko‘mir-Gaz MCHJ) korxonasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yillik 4 milliard kub metr sintetik tabiiy gaz (SNG) ishlab chiqarish quvvatiga ega. U mustaqil yirik zavod sifatida faoliyat yuritadi va alohida filiallarga ega emas.

“China Datang Corporation” tomonidan xorijiy mutaxassislar uchun tashkil etilgan tajriba almashish dasturi doirasida ishtirokchilar “Inner Mongolia Datang International Keshiketing Coal Gas Co., Ltd.” (Ichki Mo‘g‘uliston Datang Xalqaro Ko‘kshekten Ko‘mir-Gaz MCHJ) korxonasiga tashrif buyurdi. Avval xabar berganimizdek, dasturda qator rivojlangan mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda va ular orasida o‘zbekistonlik soha vakillari ham bor.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wSCRdnTWBHs" title="Ko‘mirdan gaz ishlab chiqarish qanday jarayon?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA (Xitoy)